Angliya uchun Gvardiola ustuvor variant edi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ustuvor nomzod edi.
Ispaniyalik mutaxassis kelajagi noaniqligicha qolmoqda: murabbiyning o‘zi ham tan olganidek, u "shaharliklar" bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmaslik borasida hali bir qarorga kelmagan.
Jurnalist Devid Ornshteynning aytishicha, FA Tomas Tuxel bilan kelishuvga erishishdan oldin Gvardiolani birinchi tanlov deb hisoblagan.
Nemisning tayinlanishi bugun rasman e’lon qilinishi kutilmoqda, ammo FA rahbarlari kelajakda yana Gvardiola variantiga qaytishlari mumkin.