"Man Siti" Gvardiola jamoada qolishiga ishonmoqda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Ispaniyalik mutaxassisning kelishuvi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi va bosh murabbiy "shaharliklar"ning boshqaruvida ishlashni davom ettirishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Biroq, insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Siti" Gvardiola yangi shartnoma imzolashiga va hech bo‘lmaganda 2026 yilning yozigacha klubda qolishiga ishonchi komil.
Pep Gvardiola 2016/17 yilgi mavsum boshidan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassis boshchiligida jamoa olti marta Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqdi va bir marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.