"MYU" sotib yuborgan futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Manchester Yunayted" chap qanot himoyachisi Alvaro Fernandesni ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda.
Yanvar oyida ispaniyalik futbolchini "Benfika" ijaraga oldi va mavsum yakunlanganidan keyin uni 6 million yevroga sotib oldi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda o‘zini ko‘rsatmoqda va endi "qizil iblislar" uni qaytarib sotib olish haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi O Jogo. Kelishuv yanvar oyidagi transfer oynasidayoq tuzilishi mumkin.
Alvaro Fernandes joriy mavsumda "Benfika" safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Istiqbolli futbolchi hech qachon "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan.