«MYU» chap qanot himoyasiga ispaniyalik futbolchini olib kelmoqchi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubga qo‘ygan ilk talablardan biri chap qanot himoyasini kuchaytirish bo‘ldi.
Ingliz OAV xabariga ko‘ra, mankunianliklar bu yo‘lda o‘tgan yozda «Benfika»ga sotib yuborgan Alvaro Karrerasni ortga qaytarish yo‘lini izlamoqda.
Karrerasning «Transfermarkt» portalidagi bahosi 8 million yevro. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 ta assist berdi.