Gvardiola va «Manchester Siti» futbolchilari o‘rtasida keskinlik bor
«Manchester Siti» turli musobaqalarda ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bu fonda «shaharliklar» futbolchilari va bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘rtasida keskinlik yuzaga keldi. Bu haqda "The Athletic" nashriga tayanib, "Transfer News Live" xabar bermoqda.
Aytish joizki, Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Ispaniyalik mutaxassisning kelajagi haqidagi mish-mishlar matbuotda muntazam ravishda chiqib turadi. Aftidan, Xosep hali yakuniy qarorga kelmagan.
«Manchester Siti» APL doirasidagi navbatdagi o‘yinini 23 noyabr, shanba kuni o‘z maydonida «Tottenxem»ga qarshi o‘tkazadi.