Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi
"Manchester Siti" va ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Football Insider yozmoqda.
Yangi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Manba ta’kidlaganidek, "kelishuv 99% bajarildi". Buni amaldagi chempion tez orada e’lon qiladi.
Pepning "Man Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.