Gvardiola Edersonni qanday ko‘ndirganini aytib berdi
"Manchester Siti" darvozaboni Ederson "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning Saudiya Arabistonidan kelgan foydali takliflarga qaramay, o‘tgan yozda ingliz klubini tark etmaslik qaroriga ta’siri haqida gapirdi.
"Stolda haqiqatan ham juda jozibali taklif bor edi, chunki bu g‘ayrioddiy taklif edi. Men Gvardiola bilan son-sanoqsiz suhbatlar o‘tkazdim, ulardan biri muhim edi. U aytgan so‘zlarda kafolatlar, jarayon va rivojlanish bor edi. Bularning barchasiga ega bo‘lishim "Manchester Siti"da qolishim uchun muhim", - deydi Ederson.
Braziliyalik darvozabon 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.