Ederson o‘zi o‘ynagan eng qiyin hujumchi nomini aytdi
"Manchester Siti" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Ederson Morayes o‘zi o‘ynagan eng qiyin hujumchi nomini aytdi.
"Men ko‘plab hujumchilarga duch kelganman, ayniqsa Premyer-ligada. Lekin menimcha, eng qiyini, men sinchiklab o‘rganganim bu Xarri Keyn.
U jarima maydoni ichida ham, tashqarisida ham ajoyib sifatga ega. Xullas, mening nuqtai nazarimga qaraganda, u men duch kelgan eng yaxshi hujumchilardan biri edi", - dedi Ederson.
Braziliyalik darvozabon 2017 yildan buyon "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.