Ederson joriy mavsum «Oltin to‘p»ga kim loyiq ekanligini aytdi
«Manchester Siti» darvozaboni Ederson «Oltin to‘p»ni kim olishi kerakligiga javob berdi.
Sovringa asosiy da’vogarlar yarim himoyachi Rodri va hujumchi Vinisius Junior. Ispaniyalik futbolchi Ederson bilan «Manchester Siti»da birga o‘ynaydi, Vini esa darvozabon bilan bir terma jamoa sharafini himoya qiladi.
«Oltin to‘p»? Men bunga Vinisiusni loyiqroq deb bilaman. Umid qilamanki, u sovrinni qo‘lga kiritadi», - dedi 31 yoshli darvozabon "TNT Sports" nashriga.