Alaba faoliyatini tugatmaydi
David Alabaning tiklanish jarayoni rejaga muvofiq ketmoqda.
"Real Madrid" himoyachisi 2023 yilning 17 dekabrida "Vilyarreal" bilan o‘yinda jarohat olganidan beri maydonga tushmayapti. Avstriyalik futbolchi tizzasidan ikki marta operasiya qilingan.
Dushanba kuni Portugaliyaning A Bola nashri Alaba 32 yoshida nafaqaga chiqishi mumkinligi haqida xabar berdi, chunki u mashg‘ulotlarga qaytganidan beri jarohatlangan tizzasida qattiq og‘riqni boshdan kechirmoqda.
Insayder Fabrisio Romano Alabaning jarohati asoratlari va erta nafaqaga chiqishi haqidagi ma’lumotni rad etadi. Futbolchining o‘zi, shifokorlar va murabbiylar tiklanish jarayonidan qoniqish hosil qilishmoqda. “Real” himoyachisi rejaga amal qilishda davom etmoqda va o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Xabar qilinishicha, Alaba yanvar oyida safga qaytishi mumkin.