"Manchester Yunayted" futbolchisi Halqaro tanaffusdan keyin maydonga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning chap qanot himoyachisi Tayrell Malasia noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan so‘ng jamoa o‘yinlariga qaytishi mumkin, deb xabar beradi The Athletic nashri.
Manbaning yozishicha, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi 24 noyabr kuni "Ipsvich"ga qarshi o‘yinda safga qaytishi mumkin.
Klub futbolchining qayta tiklanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Avvalroq, futbolchi jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
Malasia o‘zining so‘nggi o‘yinini 2023 yil 14 iyun kuni Millatlar ligasi doirasida Niderlandiya tarkibida Xorvatiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. 2023 yilning yozida u tizzasidan jarohat oldi va shundan keyin maydonga tushmadi.