"Real Sosyedad" futbolchisi safga qaytishga yaqin
"Real Sosyedad"ning rossiyalik yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan safga qaytishga yaqin turibdi.
Estadio Deportivo xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi tiklanishning so‘nggi bosqichida bo‘lib turibdi. Ta’kidlanishicha, Zaxaryan allaqachon maydonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda va xalqaro tanaffusdan keyin jamoaga qaytishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi bu mavsumda yig‘in vaqtida jarohat olgani uchun maydonga tushmadi.