Rossiyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
"Real Sosyedad" matbuot kotibi Yon Ander Munduate jarohatidan forig‘ bo‘lgan rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi La Liganing 13-tur uchrashuvida maydonga tusha olmasligini aytdi.
"Arsen Plzendagi o‘yindan keyin mashg‘ulotlarni boshlashi kerak. Ammo menimcha, u yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona” bilan o‘yinga tayyor bo‘lmaydi", — dedi Munduate.
Jarohati tufayli 21 yoshli Zaxaryan joriy mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.