"Santos" prezidenti: "Neymar bu yerda o‘zini uydagidek his qiladi"
"Santos" prezidenti Marselo Teysheyra hujumchi Neymarning jamoaga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Bu yanvar yoki iyunda sodir bo‘ladi, deb ochiq ayta olmaymiz. Gap shundaki, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.
Neymar bu yerda o‘zini uydagidek his qilishini aytdi. O‘ylaymanki, agar Neymar qaytsa, bu uning uchun jahon chempionatiga eng yaxshi tayyorgarlik bosqichi bo‘lishi mumkin", - dedi Teysheyra.