Makallister: "Hamma narsa sudda hal bo‘ladi"
Aleksis Makallister sobiq sevgilisining da’vosiga izoh berdi.
Oldinroq “Liverpul” yarim himoyachisining sobiq sevgilisi Kamila Mayan futbolchiga nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, munosabatlari uchun moddiy tovon puli talab qilgani ma’lum bo‘lgandi. Er-xotin bir yarim yildan ko‘proq vaqt oldin ajralishdi.
"Boshqa munosabatlar yo‘q edi (ajralishdan keyin). U o‘z yo‘lini tanladi, men o‘z yo‘limni tanladim va hammasi shu. Qolganlarga (da’voga) kelsak, hamma narsa sudda hal bo‘ladi va biz kutamiz", dedi "Liverpul" yarim himoyachisi.