Neymarning videoqo‘ng‘irog‘i sabab «Santos»ning matbuot anjumani to‘xtatildi
«Al-Hilol» hujumchisi Neymarning qo‘ng‘irog‘i «Vila Nova»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Braziliyaning oliy divizioniga qaytishga juda yaqinlashgan «Santos»ning o‘yindan keyingi matbuot anjumanini to‘xtatdi.
Neymar «Santos» futbolkasida videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qilib, klubning tez orada A Seriyaga qaytishiga hissa qo‘shgan barcha kishilarga minnatdorchilik bildirdi.
«Biz doimo bo‘lishimiz kerak bo‘lgan joyga qaytdik,» deya yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda.
Qayd etish joizki, Neymar «Santos» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, OAVda braziliyalik hujumchi tez orada o‘z vataniga qaytishi haqida xabarlar muntazam tarqalmoqda.