Gyotse: "Dortmunddagilarning hammasi mendan nafratlanganga o‘xshardi"
Mario Gyotse "Bavariya"ga o‘tganidan so‘ng tanqidlar haqida gapirdi. 2013 yilda futbolchi "Borussiya Dortmund"dan "Bavariya"ga o‘tgan edi.
"Bolaligimda men futbol o‘ynaganman va qachondir bu mening kasbimga aylanishi mumkin deb o‘ylamagan edim. Lekin men o‘yinni yaxshi ko‘rardim va faqat shu haqida o‘yladim.
18 yoshga to‘lganimda, men o‘z shahrim Dortmund bilan ligada g‘olib chiqqanman va hamma meni yaxshi ko‘rardi.
Ikki yildan so‘ng men bundan ham kattaroq klub - "Bavariya"ga o‘tdim va Dortmunddagilarning barchasi mendan nafratlangandek tuyuldi. Meni sotqin deyishdi.
Lekin men butun umr Dortmundda qoldim va men shunchaki yangi bosqich, yangi muhitni xohlardim. O‘sha paytda futbol mening hayotim edi, shuning uchun futbolchi sifatida men bilan nimadir yuz berganida, bu menga shaxs sifatida ta’sir qilgan", dedi Mario.