«Liverpul» yarim himoyachisi safga qaytishga yaqin turibdi
«Liverpul» yarim himoyachisi Xarvi Elliott safga qaytishga deyarli tayyor, ammo hafta oxiridagi «Chelsi»ga qarshi o‘yinda u ishtirok etmaydi. "The Athletic" xabariga ko‘ra, u oktyabr oyi oxirida maydonga tushishi kutilmoqda.
27 oktyabr kuni «Arsenal»ga qarshi o‘yin ham Elliott uchun xavfli bo‘lishi mumkin, ammo keyin 30 oktyabr kuni «Brayton» bilan Liga kubogi to‘qnashuvi uning qaytishi uchun qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin.
21 yoshli futbolchi oyog‘i singanligi sababli bir oydan ko‘proq vaqt davomida maydonga tusha olmadi va joriy mavsumda faqat bitta o‘yin o‘tkazdi.