Braim Dias «Barsa» bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin
Braim Dias «Barselona»ga qarshi o‘yinga qadar tiklanishi mumkin.
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi 14 sentyabr kuni «Real Sosyedad» bilan La Liganing 5-tur uchrashuvida (2:0) sonidan jarohat olgan edi. Klub futbolchining 3 oydan keyin qaytishini rejalashtirgan. Biroq, Dias shu hafta mashg‘ulotlarni boshladi va o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Ayni paytda uning qaytishi mumkin bo‘lgan sana oktyabr oyining oxiri deb hisoblanadi. Shu tariqa, uning 26 oktyabr kuni «Barselona» bilan o‘yinda ishtirok etishi ham istisno emas. 22 oktyabr kuni Chempionlar ligasida «Borussiya»ga qarshi o‘yinda bir necha daqiqa o‘ynash ham mumkindek ko‘rinadi.
Shu bilan birga, klub ham, futbolchi ham noto‘g‘ri qadamlar tashlab, maydonga qaytishni tezlashtirmoqchi emas.