Tchuameni: «Bu g‘urur va katta ma’suliyat»
Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni terma jamoani bo‘lajak o‘yinlarga sardorlik bog‘ichi bilan boshlab tushishi haqida gapirdi.
«Bu g‘urur va katta mas’uliyat. Murabbiy bilan gaplashdik, u menga qarorini aytdi. Men juda xursandman», - dedi Tchuameni.
Fransiya terma jamoasi tarkibida 24 yoshli yarim himoyachi 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.