"Real" futbolchisi Turkiyaga bormaydi
"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler "Fenerbaxche"ga o‘tmaydi.
Avvalroq, Joze Mourinyo jamoasi 19 yoshli futbolchini "Real"dan ijaraga olmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Jurnalist Yagiz Sabuncuo‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Gyulerning ijaraga berilishi mumkinligi haqidagi xabar soxta bo‘lib chiqqan.
Manbaga ko‘ra, Gyuler "Los Blancos" bilan muvaffaqiyat qozonishni istamoqda.