Gyuler ketish haqida o‘ylamayapti
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler yaqin kelajakda jamoasini tark etish niyatida emas. Diario AS xabariga ko‘ra, 19 yoshli turk futbolchisi na ijaraga, na boshqa klubga to‘liq o‘tishni ko‘rib chiqmayapti.
Avvalroq Gyulerning “Real”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi futbolchini qaytarishdan manfaatdor edi, biroq yarim himoyachi bor e’tiborini “Real”da o‘ynashga qaratgan va u ketish niyatida emas.
Gyuler bu mavsum “Real” safida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq bitta ham gol ura olmadi.