Tchuameni "Real"ni tark etish niyatida emas
"Real Madrid" yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni yaqin kelajakda jamoasini tark etishdan manfaatdor emas. Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachi bor e’tiborini faqat “qirollik klubi”da o‘ynashga qaratgan.
Avvalroq Tchuamenini "Liverpul"ga transferi amalga oshishi mumkinligi aytilgan edi.
Biroq hozirda u "Qirollik klubi"ni tark etishdan manfaatdor emas. Manbaning ta’kidlashicha, Tchuameni oldinga siljish va uzoq yillar davomida "Real Madrid" asosiy jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni xohlaydi.