"Real" Tchuamenini "Liverpul"ga qanchaga qo‘yib yuborishi ma’lum bo‘ldi
"Liverpul" "Real"dan Orelyen Tchuameni sotib olmoqchi.
Jurnalist Sasha Tavolyerining ma’lum qilishicha, Premyer-liga klubi 24 yoshli Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisining transferi borasida "qirollik klubi" vakillari bilan bog‘langan.
Madridliklar yarim himoyachini sotishga tayyorligi xabar qilinganidan keyin "Liverpul" Tchuameni bilan aloqani davom ettirmoqda.
Inglizlar Orelyenni 2022 yilning yozida "Monako"dan 80 million yevro evaziga Ispaniyaga o‘tishidan oldin ham sotib olmoqchi edi.
Ta’kidlanishicha, "Los-Blankos" futbolchini 60 millionga sotishga tayyor.
Tchuameni kecha "Milan"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida (1:3) to‘pig‘idan jarohat oldi va bir oyni o‘tkazib yuboradi.