"Arsenal" hujumchisi Braziliya terma jamoasida jarohat oldi
"Arsenal" qanot hujumchisi Gabriel Martinelli tizzasidagi noqulaylik tufayli Braziliya mashg‘ulotlarini tark etdi.
U Peruga qarshi o‘yinda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi, tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Futbolchi "pentakampeon"larning Chiliga qarshi o‘yinida (2:1) 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.