Kompani Min Chjening rivojlanishi haqida gapirdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubi himoyachisi Kim Min Chjening joriy mavsumdagi yutuqlari haqida gapirdi.
"Men ham himoyachi edim va bu pozisiyada o‘ynashning nozik tomonlarini yaxshi tushunaman. Agar markaziy himoyachi sifatida o‘ynasang, bir o‘yindan keyin ham qoyil qolmaysan, ko‘zga tashlanish uchun 10-15 ta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazishing kerak.
Mashg‘ulotlarda men yaxshi himoyaga ega ekanligimizni his qilyapman, lekin gap faqat himoyachilarda emas. "Bavariya"dagi har bir o‘yinchining maqsadi - yaxshiroq bo‘lish, men o‘z futbolchilarimdan mamnunman, ularga hech qachon shubha qilmayman", - deydi Kompani.
10 turdan keyin Germaniya chempionatida “Bavariya” peshqadamlik qilmoqda.