Matteus Kompani faoliyatini baholadi
Germaniyalik afsonaviy yarim himoyachi Lotar Matteus "Bavariya"ning Vensan Kompani boshchiligidagi o‘yini haqida gapirdi. Belgiyalik mutaxassis 2024 yilning yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
"Ochig‘i, yangi murabbiy va yangi tizim bilan ikki oylik ishlagandan keyin hammasi a’lo darajada ishlamayapti. Kompani Barselonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoaga nima xato qilganini va qanday murvatlarni kuchaytirish kerakligini ko‘rsatdi. “Bavariya” endi “Barselona”ga 1:4 hisobida yutqazmaydi. Balki chempionatdagi ikkita durang va Chempionlar ligasidagi ikkita mag‘lubiyat hatto pley-offgacha bo‘lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi... Men "Bavariya"dan xavotirda emasman", - deydi Matteus.
To‘qqiz turdan keyin “Bavariya” yettita g‘alaba va ikki o‘yinda durang qayd etgan holda Germaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.