Matteus Noyerning o‘yini nega pasayganini aytdi
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning birinchi raqamli o‘yinchisi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Manuelni xafa qilishni xohlamayman, lekin u endi avvalgidek "Bavariya"ning asosiy tayanchi emas. Uning o‘yini o‘zgardi. Ilgari u deyarli barcha vaziyatlarni, birinchi pas bilan hujumlarni muvaffaqiyatli boshlashi mumkin edi. Endi u o‘z darvozasining to‘liq xavfsizligini kafolatlay olmaydi", - dedi Matteus.
38 yoshli darvozabon va "Bavariya" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Darvozabon myunxenliklar safida 2011 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.