Musialaning maoshini muhokama qilayotganda Matteus Messini esladi
Germaniyalik sobiq futbolchi Lotar Matteus Jamol Musiala bilan shartnomani uzaytirish shartlariga izoh berdi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, "Bavariya" 21 yoshli yulduz bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga yaqin turibdi. Hujumkor yarim himoyachi myunxenliklarning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
"Messi uchun chegara bo‘lmaganidek, Musialada ham chegara bo‘lmasligi kerak.
U nafaqat sport maqsadlari uchun, balki "Bavariya" futbol klubining yuzi sifatida ham kerak, ayniqsa oldingi yetakchi avlod ketishini hisobga olsak. Agar Noyer va Levandovski yiliga 25 million yevro maosh olgan bo‘lsa, menimcha, Musiala ham shu toifadagi futbolchilarga tegishli", - deydi Matteus.