Salai muxlislarga minnatdorchilik bildirdi
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi doirasidagi Niderlandiya va Vengriya o‘rtasidagi o‘yin to‘xtatildi.
Bunga Vengriya terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Adam Salaining hushini yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Yakshanba kuni mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qilib, post qo‘ydi. “Ko‘p yaxshi xabarlar uchun rahmat. Men yaxshiman”, deb yozgan Salai.