Ronaldu: "Portugaliya, rahmat"
39 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federasiyasidan mukofot olganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men terma jamoadagi faoliyatim uchun sovrin yutganimdan faxrlanaman. Biz hali ko‘p narsaga erishamiz. Portugaliya, rahmat", - deb yozgan hujumchi ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi a’zosi sifatida Krishtianu Millatlar ligasi va Yevropa chempioni bo‘lgan.