Upamekano Komanning terma jamoasiga qaytishiga munosabat bildirdi
Himoyachi Dayo Upamekano hujumkor yarim himoyachi Kingsli Komanning Fransiya terma jamoasiga Millatlar ligasi o‘yinlariga taklif etilganiga izoh berdi.
"Kingslining terma jamoaga qaytishiga hech qachon shubha yo‘q edi. U hozir a’lo darajada o‘ynamoqda, har bir o‘yinda a’lo darajada o‘yin ko‘rsatmoqda", - dedi himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Fransiya hamda Isroil terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.