Tobi Alderveyreld ushbu mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
Belmgiyalik 35 yoshli "Antverpen" himoyachisi Tobi Alderveyreld mavsum oxirida faoliyatini yakunlash qarorini ma’lum qildi.
"Ba’zida men nafaqaga chiqishni intiqlik bilan kutaman, lekin boshqa tomondan, menda "Antverpen"da muvaffaqiyatga erishish uchun katta ambisiyalar ham bor. Men buni yana olti oy davomida qilaman. Bu orada har bir daqiqadan zavq olishga harakat qilaman. Kubok bilan yakunlash ajoyib bo‘lardi", - deydi Alderveyreld.
Faoliyati davomida Tobi Alderveyreld Angliyaning “Tottenxem”, Ispaniyaning “Atletiko Madrid” va Niderandiyaning “Ayaks” kabi klublarda o‘ynagan.