Bafetimbi Gomis faoliyatini yakunladi
Bafetimbi Gomis 39 yoshida faoliyatini yakunladi.
Fransiyalik sobiq forvard yakshanba kuni DAZN kanalida Liga 1 ning "Lion" va "Sent-Etyen" o‘rtasidagi o‘yin translyasiyasi vaqtida o‘z qarorini e’lon qildi - Gomis faoliyati davomida ikkala jamoada ham o‘ynagan.
Bafetimbi Gomis "Sent-Etyen" tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida hujumchi "Lion", "Al-Hilol", "Galatasaroy", "Suonsi" va "Marsel" klublarida to‘p tepgan, Fransiya terma jamoasi tarkibida 2008 yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan.
Gomis faoliyatidagi so‘nggi klub Yaponiyaning "Kavasaki Frontale"si bo‘lgan.