Podolski xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi
Germaniyalik sobiq hujumchi Lukas Podolski xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘yin bugun, 10 oktyabr kuni Kyolnda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga 50 ming muxlis, shuningdek, 2014 yilgi bir necha jahon chempionlari, jumladan Manuel Noyer, Lukasning "Kyoln"dagi sobiq jamoadoshlari ishtirok etishi kutilmoqda. Jamoa murabbiylari Yoaxim Lyov va Xansi Flik bo‘ladi.
39 yoshli Podolski faoliyati davomida "Kyoln", "Bavariya", "Arsenal", "Inter", "Galatasaroy", "Vissel Kobe", "Antalyaspor" va "Gornik Zabrze" klublarida to‘p tepgan va 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.