Fernandesh "Manchester Yunayted" safidagi 250-uchrashuvini o‘tkazadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" jamoasidagi 250-uchrashuvini o‘tkazmoqda. Yubiley Premyer-liganing 11-turida “Lester”ga qarshi o‘yin bo‘ladi.
O‘yin oldidan Brunu Fernandeshga 250-raqamli esdalik futbolka sovg‘a qilindi. 30 yoshli portugaliyalik futbolchi 2020 yil 1 fevral kuni “Manchester Yunayted” safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Fernandesh shu kungacha 249 ta o‘yinda maydonga tushib, 82 ta gol urdi va 72 ta golli uzatmani amalga oshirdi.