«Atalanta» yarim himoyachisi klub rekordini o‘rnatdi
«Atalanta» yarim himoyachisi Martin De Ron Italiya chempionatining 12-turi doirasidagi «Udineze»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Futbolchi A Seriyada o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi. Hozir uning hisobida elit divizionda 282 ta o‘yin bor. Niderlandiyalik futbolchi 281 ta o‘yin o‘tkazgan Stefano Anjeleri va Janpaolo Bellinini ortda qoldirdi.
33 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2015 yildan buyon «Atalanta»da o‘ynaydi. Jamoa bilan birgalikda u Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.