Foden Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha Bekxemni ortda qoldirdi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden Chempionlar ligasi doirasidagi «Sparta Praga»ga qarshi o‘yinda hisobni ochgan gol muallifi bo‘ldi. Bahs 5:0 hisobida yakunlandi.
24 yoshli futbolchi bahsning 3-daqiqasidayoq gol urdi. Bu gol Foden uchun butun faoliyati davomida Chempionlar ligasidagi 17-gol bo‘ldi. "Squawka" xabariga ko‘ra, «shaharliklar» tarbiyalanuvchisi bu ko‘rsatkich bo‘yicha hamyurti Devid Bekxemni ortda qoldirdi. «Manchester Yunayted», «Real» va «Milan» klublarining mashhur sobiq yarim himoyachisi turnir davomida yana 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.