Maguayr yangi shartnomaga umid qilmoqda
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Xarri Maguayr klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli ingliz jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimga o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Maguayrning shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. U joriy mavsumda 10 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.