Amorim aralashmasa, Eriksen ketadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen mavsum yakunida erkin agentga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, klub 32 yoshli daniyalik bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishga shoshilmayapti.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yozda tomonlar alohida yo‘l tutishadi, chunki muzokaralar aslida rejalashtirilmagan. Ammo "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Eriksen baribir "qizil iblislar"ga foyda keltirishiga ishonsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 13 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.