Amorim "Napoli" yulduzini jamoada ko‘rmoqchi
Bir haftadan so‘ng Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. CaughtOffside ma’lumotlariga ko‘ra, Amorim o‘zining birinchi yirik transfer maqsadini allaqachon aniqlab bo‘lgan.
Portugaliyalik "qizil iblislar"dan hujumkor yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya bilan shartnoma imzolashini istamoqda. "Napoli" 23 yoshli Kvarasxeliya uchun 90 million funt so‘rashi mumkin.
Hozirda gruziyalik futbolchi yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, biroq ular boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Natijada "Napoli" Xvichani katta pulga sotishga rozi bo‘lishi mumkin.