Kvarasxeliya A Seriyada oy o‘yinchisi bo‘ldi
"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya sentyabr oyida Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tgan oy Kvarasxeliya Italiya chempionatida uchta o‘yin o‘tkazdi. Ularda gruziyalik futbolchi ikkita gol urdi va sherigiga bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte bo‘lgandi. 7 turdan keyin “Napoli” turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.