"Napoli" prezidenti: "Futbolchilarimiz biz xohlagancha jamoada qoladi"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis vinger Xvicha Kvarasxeliya bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Gap Kvarasxeliya bilan shartnomani uzaytirishdami? Futbolchilarimiz biz xohlagancha va hohlaganimizcha "Napoli"da qoladi", - dedi De Laurentis.
Avvalroq, 23 yoshli Xvichi Kvarasxeliyaning agenti neapolitanliklar klubi rahbariyatidan gruziyalik futbolchining yangi shartnomasi bo‘yicha maoshi sifatida 8 million yevro talab qilayotgani xabar qilingandi. Kvarasxeliyaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 10 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.