Xvichaga "Barselona" va "PSJ" qiziqmoqda
Ikkala klub murabbiylari ham futbolchining o‘yin uslubidan hayratda.
"Napoli"ning rejalari orasida Kvarasxeliya bilan shartnomani uzaytirish ham bor. Avvalroq futbolchining agentlari soliqlardan tashqari 8 million yevro maosh bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni so‘ragani xabar qilingandi.
Klub esa o‘z navbatida 6 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul va bonuslarni taklif qilishga tayyor.
Prezident Aurelio De Laurentis boshqa klublar manfaatlarini inobatga olgan holda vingerning yangi shartnomasiga tovon puli 100 million yevroni kiritish niyatida. Xvichaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.