Pogba va "Yuventus" uning shartnomasini bekor qilishga kelishib oldi
Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba va “Yuventus” uning mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi Sky Sports.
Pogba hozirda Mayamida yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazmoqda va faoliyatidagi navbatdagi jamoada o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, Pogbaning "Yuventus" bilan shartnomasi o‘zaro shikoyatlarsiz bekor qilingan.
31 yoshli Pogba “Yuventus” safida 190 ta o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirdi.