Desham Pogba haqidagi savolga javob berdi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Yuventus» bilan shartnomasini bekor qilgan Pol Pogba haqida gapirdi.
«Ha, men shartnomani bekor qilish haqidagi xabarni ko‘rdim, lekin u bundan keyin nima qilishini bilmayman. Hozir u o‘zining jismoniy formasi ustida individual ravishda ishlamoqda», - deya Deshamning so‘zlarini keltiradi «Football Italia».
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Pogba olti yil o‘ynagan «Manchester Yunayted» bazasida shug‘ullanishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.