Desham: «Italiyaga qaytishdan doim xursand bo‘laman»
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Italiya terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Ikkala terma jamoa ham pley-offga chiqdi, Italiya hozircha guruhni boshqarib turibdi, lekin biz nima qilishimiz kerakligini bilaman. Men Italiyaga qaytganimdan doim xursandman, chunki u yerda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ajoyib yillarni o‘tkazdim, lekin hozir men o‘z lavozimimdan baxtiyorman», - deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda «Football Italia».
Fransiya terma jamoasi ertaga, 17 noyabr kuni safarda Italiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.