Jurnalist: "Desham bir kun oldin sodir bo‘lgan voqea uchun Mbappedan o‘ch olmoqda"
Jurnalist Daniel Riolo Kilian Mbappening Fransiya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida gapirdi.
"Real" hujumchisi noyabr oyida Millatlar ligasi o‘yinlarida ishtirok etmaydi - Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Mbappeni o‘z qaroriga ko‘ra chaqirmaganini aytdi.
Avvalroq Kilian jarohati sabab terma jamoaning oktyabrdagi yig‘inini o‘tkazib yuborgandi.
“Faqat bitta sabab bor. Men 1000% ishonchim komilki, Desham bir kun oldin sodir bo‘lgan voqea uchun undan o‘ch olmoqda.
Agar o‘zaro kelishuv bo‘lsa, hammasi yaxshi bo‘lardi. Mbappe jarohat olganini aytdi, lekin u uch kundan keyin "Real" uchun o‘ynadi", - dedi Riolo.