"Borussiya D" kichik Bellingem bilan shartnoma imzolamoqchi
"Sanderlend" yarim himoyachisi Job Bellingem tez orada kuchli klubga o‘tishi kutilyapti. Dortmundning "Borussiya" klubi yosh britaniyalik futbolchiga ko‘z tikdi, deb xabar beradi SunSport.
Potensial transfer tafsilotlari hozircha noma’lum. Biroq, "Sanderlend"ning 19 yoshli yulduzi 12 million yevroga baholangan.
Qizig‘i shundaki, bir vaqtlar Jobning akasi Jud Bellingem "Borussiya"da o‘ynagan.