MenYE: "Bellingem "Oltin to‘p" olishi uchun uyimni bergan bo‘lardim"
Toma Menye "Oltin to‘p" Jud Bellingemga berilishi kerakligiga qat’iy ishonadi.
"Real Madrid" yarim himoyachisi France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar 30 ta nomzod orasida edi. Taqdirlash marosimi bugun Parijda bo‘lib o‘tadi.
"Jud juda zo‘r. "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi uchun men uyimni bergan bo‘lardim!" – dedi "Lill" himoyachisi.
Menye va Bellingem Dortmundning "Borussiya" jamoasida birga o‘ynashgan.